Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati

07.04.2023, 16:37

Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati

O’zLiDeP Nurobod tuman Kengashi tashabbusi bilan "Nurobod" madaniyat uyida “Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendum tashviqotiga yuzasidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O’zLiDeP tuman kengashi raisi,“Navoiy kon-metallurgiya kombinati Jamg‘armasi” davlat muassasasi “Nurobod” hududiy boshqarmasi direktori Anvar Muratov, O’zLiDeP viloyat  Faxriylar Kengashi a’zosi  Abduraxman Sharipov va boshqalar so‘zga chiqishib, Bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilanayotganligiga urg‘u berib o‘tishdi. Inson va davlat organlari o‘rtasidagi yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, huquqiy ta’sir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli va mutanosib bo‘lishi kerakligi belgilanmoqda. Ushbu qoidalar inson huquqlari ustuvorligini ta’minlaydi, davlat idoralarining o‘z vazifalarini inson huquqlariga rioya qilgan holda amalga oshirishda mas’uliyatini oshiradi hamda insonga me’yoridan ortiq huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishining oldini oladi.

Konstitutsiyada insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati eng ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirilmoqda. Xususan, shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi, ushbu muddat ushlab turish qonuniyligi va asosliligi sudda isbotlanmasa, shaxs darhol ozod qilinishi (“Xabeas korpus” instituti) hamda shaxsni ushlab turish chog‘ida uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi kerakligi (“Miranda qoidalari”), shuningdek, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, ya’ni “sukut saqlash” huquqi belgilanmoqda. Ushbu qoidalar shaxsiy erkinlik daxlsizligini va insonlarni noqonuniy hibsga olishga yo‘l qo‘ymaslikni kafolatlaydi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+