Konstitutsiya – turmush tarzimizni yaxshilaydi
07.04.2023, 16:38
Erkin fuqarolik, huquqiy demokratik jamiyat qurishda ta’lim-tarbiya hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu ma’noda yangilanayotgan Bosh hujjatning mukammal ishlay boshlashi xalqimiz turmush-tarzini yanada yaxshilaydi.
Termiz shahridagi Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yangilanayotgan Konstitutsiya va uning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan event tadbirida ayni shu jihatlarga to‘xtab o‘tildi. Talaba-yoshlar va universitet o‘qituvchilari ishtirokida o‘tgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botir Mardayev, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Sherzod Xaitovlar so‘zga chiqib, aynan 41-,50- hamda 51-moddalardagi ta’limga oid normalarni sharhlab berishdi.
41-moddaning amaldagi matni bunday edi: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Ayni moddani quyidagicha yangi tahrirga o‘tkazilmoqdaki, unda har kim ta’lim olish huquqiga ega bo‘lish bilan birga, davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlashi belgilab qo‘yilmoqda. Bu 50-moddada qayd qilingan. 51-moddada esa fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli ekanligi, oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga egaligi mustahkamlanmoqda.
Tadbirda universitet o‘qituvchilari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Talabalar jo‘rligida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.
Darvoqe, har qanday inson kapitalining mavqei mamlakat miqyosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunda bir muhim jihatni - “Ta’lim faqatgina shaxsning kelajakdagi muvaffaqiyati emas, balki jamiyat va qolaversa, millatning jamoaviylikka yo‘naltirilgan kelajagiga sarmoya” ekanligini unutmaslik kerak.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
Fikringizni qoldiring