Konstitutsiya – sha’nim va qadrim himoyasi!

10.04.2023, 12:25

Konstitutsiya – sha’nim va qadrim himoyasi!

Xabaringiz bor, shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turli davra suhbatlari, uchrashuvlar, event tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Tashviqot tadbirlarning navbatdagisi O‘zLiDeP Yunusobod tuman kengashi tashabbusi bilan Sayilgoh ko‘chasida ochiq osmon ostida “Konstitutsiya – sha’nim va qadrim himoyasi!” shiori ostida tashkil qilindi. Unda parlament quyi palatasi va mahalliy kengash deputatlari, tuman ahli, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Partiya Toshkent shahar kengashi raisi, Xalq deputatlari shahar kengashi deputati Ravshan Fozilov e’tirof etganidek, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlar negizida O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi mujassam. Davlatning bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyatlari belgilanyapti. Shuningdek, mulk shakllarining teng huquqliligi, tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni mustaqil tanlashi va amalga oshirishga haqli ekanligi kafolatlanayotgani, mol-mulk, uy-joy daxlsizligi masalasining Asosiy qonunimizda belgilanayotgani partiya a’zolari va elektorati uchun ayni muddao bo‘lyapti.

Zero mol-mulk daxlsizligining yuksak darajada kafolatlanishi ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni ham rag‘batlantiradi. Shu bois, uni hech ikkilanmasdan xalq Konstitutsiyasi deyish mumkin.

Tadbirda so‘zga chiqqan deputatlar, faollar, ishbilar va faxriylar, yoshlar xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, hammani 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan refrendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi. Tadbir konsert dasturiga ulanib, estrada xonandalarining kuy-qo‘shiqlariga navbat berildi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    455
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+