“Bakanshakli” OFYdagi sayyor qabulda qishloq vrachlik punkti tashkil qilish taklifi bildirildi
31.03.2018, 13:38
Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zosi S.Jaqsimov ishtirokida “Bakanshakli” OFY hududidagi aholi ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Ushrachuv davomida “Baqanshakli” OFY aholisi tomonidan 30ga yaqin murojaatlar bildirildi. Xususan, ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi sonini hisobga olgan holda qishloq vrachlik punktini tashkil qilish taklifi bildirildi. Hududdagi o‘quvchilar maktabga katnaydigan serqatnov ko‘chani asfalt qilish hamda 26-sonli maktabining sport zali yaroqsiz holda ekanligini hisobga olib uning o‘rniga yangisini qurish borasida aholidan murojaatlar bildirildi.
Muammolar qatorida yangidan bunyod etilgan ovullarda gaz, elektr energiyasi va suv tanqisligi ham borligi deputat nazoratiga olindi.
Uchrashuvda bildirilgan murojaatlar yuzasidan xalq vakili bo‘lgan S.Jaqsimov tomonidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘istone Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Jizzaxlik mutasaddining hisoboti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi
17.05.2024, 10:55
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
Fikringizni qoldiring