Quyi bo‘g‘inlarning umumiy yig‘ilishlari davom etmoqda

16.05.2023, 16:46

Quyi bo‘g‘inlarning umumiy yig‘ilishlari davom etmoqda

Ma’lumki, shu yilning 9 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgari saylov bo‘lib o‘tadi. Ushbu muhim siyosiy jarayonni yuqori saviyada tashkil etish uchun O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlarida ham tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Ayni paytda joylarda partiyaning boshlang‘ich tashkilotlarining umimiy yig‘ilishlari tashkil qilinyapti.

Olmazor tumanidagi “Toshkent mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyatida faoliyat olib boayotgan O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotining yig‘ilishida boshqaruv Kengashi raisi, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi raisi To‘rabek Nazarov so‘zga chiqib, ushbu siyosiy jarayonni uyushqoqlik bilan tashkil qilish, unda boshlang‘ich partiya tashkilotlarning ham roli muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in faollari bilan birga O‘zLiDeP Olmazor tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, elektorat vakillari, partiya faollari ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Boshlang‘ich partiya tashkilotining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar to‘g‘risida va ushbu boshlang‘ich partiya tashkilotidan O‘zLiDeP Olmazor tuman partiya tashkilotining navbatdagi  Konferensiyasiga delegat  saylash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    281
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+