Imzo to‘plash jarayonida poytaxtlik tadbirkorlar faollik ko‘rsatmoqda

19.05.2023, 16:41

Imzo to‘plash jarayonida poytaxtlik tadbirkorlar faollik ko‘rsatmoqda

Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlash borasida saylovchilar imzosini to‘plash ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Partiyaning Toshkent shahar va tuman kengashlari saylovoldi tadbirlarni amalga oshirishga ulkan mas’uliyatni his etgan holda yondashmoqda. Xususan, partiyadan saylangan 168 nafar mahalliy kengashlar deputatlari hamda 1452 ta BPTdagi 112 608 nafar a’zolarimiz, partiya faollarimiz saylovchilar imzosini to‘plash ishlarini yuqori saviyada tashkillashtirishga yakdillik va katta shijoat bilan kirishgan.

Imzolarni o‘z vaqtida to‘plash masalasi belgilangan talablarga muvofiq ravishda partiyaning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar, ishbilarmonlar va ularning ishchi-xizmatchilari ishtirokida tashkil qilinyapti. Xususan, Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi “O’zimizniki” va “Betlis textile” MChJda, Yunusobod kichik sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan “AZN” korxonasi, Bektemir tumanidagi “Quyuv mexanika zavodi” sho‘‘ba korxonasi, Toshkentvino kombinati, “Makbro” korxonasi, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O’zkabel” korxonasida imzo to‘plash jarayonlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilyapti. Ushbu korxonalarda O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkiloti tashkil etilgan bo‘lib, ushbu siyosiy jarayonda faol ishtirok etayotganligini aloihda ta’kilash o‘rinlidir.

Toshkent shahrida imzo to‘plash tadbirlari davom etmoqda.

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    445
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+