Xalqimizning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi hayotiy dastur

07.06.2023, 19:12

Xalqimizning  orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi hayotiy dastur

Mamlakatimizda joriy yil 9 iyulda bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in bosqichga kirdi. Bugundan boshlab ushbu muhim siyosiy tadbirning asosiy bosqichlaridan biri – Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti boshlandi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligida partiyadan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi tashviqotiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda mahalliy kengash deputatlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari a’zolari hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni siyosiy kuchning viloyat kengashi raisi Rahmatullo Kamolov olib bordi.

Partiya lideri Aktam Xaitov o‘z so‘zida Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida belgilab berilgan beshta strategik maqsadning mazmun-mohiyatini xalqimizga oddiy, samimiy ruhda tushuntirish lozimligi xususida gapirdi.

Ta’kidlaganidek, O’zbekiston o‘tgan davrda katta va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Keyingi yillarda butun jamiyat, odamlar hayoti tubdan o‘zgardi, qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar O’zbekistonning har bir fuqarosiga cheksiz faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Eng muhimi, xalqimiz barcha sohalarda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarni o‘z hayoti, mehnat faoliyati misolida teran anglab yetmoqda.

Boshlangan islohotlarga ortga qaytmaydigan, muqarrar tus berish va ularni huquqiy kafolatlash maqsadida 2023 yil 30 aprelda yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilindi. Asosiy Qonunimiz – xalqimiz barpo etayotgan Yangi O’zbekistonning
buyuk poydevori bo‘lib xizmat qiladi va kelajakdagi islohotlarning strategik yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Bugungi kunda O’zbekiston aholisi yiliga 2 foizga o‘smoqda. 2030 yilga borib esa bu raqam 40 millionga yetishi taxmin qilinmoqda. Demak, katta salohiyat va kuch-qudratga ega davlatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, xalqqa munosib sharoit yaratish uchun iqtisodiyot ham, boshqaruv ham, ta’lim va tibbiyot ham yangicha bo‘lishi, barcha sohalarda o‘sish, rivojlanish bo‘lishi kerak.

Shu ma’noda, Yangi O’zbekiston, bu – avvalo inson qadri ulug‘langan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaro o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan mamlakatdir.

Erkin va farovon, qudratli davlatni qurishda beshta strategik yo‘nalish yaqin kelajakdagi faoliyatimizda hal qiluvchi o‘rin tutadi va ko‘pmillatli xalqimizning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

So‘zga chiqqanlar barcha maslakdoshlarimizni partiyamizdan mamlakat Prezidentligiga nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Miromonovich  Mirziyoyev uchun ovoz berishga chaqirishdi.                                                                

O’zLiDeP Farg‘ona viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    177
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+