Tashviqot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda
06.07.2023, 11:56
Ayni kunlarda joriy yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari Feruza Nigmatova, G’ayrat Abdiyev, O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi xodimlari hamda partiya faollaridan iborat targ‘ibot – tashviqot guruhi a’zolari G’allaorol tumanida bo‘lib, mahallalarda, korxona va tashkilotlarda, aholi gavjum maskanlarda saylovchilar bilan muloqotda bo‘lib, partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan strategik yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini keng jamaotchilikka tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Bo‘lib o‘tgan muloqotlar chog‘ida, saylovchilarga nomzodimizning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan strategik yo‘nalishlar aks etgan buklet va flayerlar ham tarqatildi.
O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Tanlovning Urganch shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
28.07.2023, 15:55
-
Ko‘rik-tanlovning Guliston tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi
27.07.2023, 12:38
-
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishdi
14.07.2023, 14:53
-
MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashuv
07.07.2023, 20:42
Fikringizni qoldiring