Ham oilada, ham jamiyatda faol

20.07.2023, 09:58

Ham oilada, ham jamiyatda faol

Samarqand Iqtisodiyot va servis institutida O‘zLIDeP Samarqand viloyat kengashi, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi, partiyaning “Ayollar qanoti” guruhi a’zolari, mahalliy kengash deputatlari, oliy o‘quv yurtlarining faol xotin-qizlari hamda OAV vakillari ishtirokida “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak poydevori” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Rahmonova, O‘zLiDeP viloyat kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamila Sayfiddinova so‘zga chiqib, yangi saylangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqining mazmun-mohiyati va unda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga oid qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z fikr- mulohazalarini bildirdi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda oila va jamiyatning eng faol qatlamiga aylanayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni qizg‘in davom etayapti va bu jabhada shijoatli, fidoyi opa-singillarimiz faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Barcha sohalarda  ayollarning to‘liq va teng huquqli ishtiroki ta’minlanmoqda. Ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikma olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish borasidagi ishlar tahsinga loyiq.

Davra suhbati nihoyasida O‘zLiDeP faollari, “Ayollar qanoti”ning jonkuyar a’zolari, deputatlar mavzuga oid taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Nasiba MO’MINOVA,
 O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    120
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+