“Ishbilarmon ayol-2023” ko‘rik tanlovining Samarqand shahar bosqichi o‘tkazildi

20.07.2023, 10:23

“Ishbilarmon ayol-2023” ko‘rik tanlovining Samarqand shahar bosqichi o‘tkazildi

“Ishga marhamat” monomarkazida tashkil etilgan mazkur tanlovda Samarqand shahridagi tadbirkor, hunarmand, ishbilarmon xotin-qizlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, O‘zLiDeP tomonidan xotin-qizlarni oilaviy tadbirkorlikka, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlikka jalb etish hamda bandligiga ko‘maklashish orqali yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

-Xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali bandligini ta’minlash, jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish borasida partiyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi ham iqtisodiyotimizni yuksaltirishda yangi-yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etib, aholi farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin – qizlarni kashf etish orqali zamonaviy ishbilarmon ayollar qiyofasini yaratdi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz, - deydi O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri  Marhabo Chuliyeva.

Tadbir davomida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning ko‘rgazmali faoliyatlari o‘rganilib, Gulnoza Toshpo‘latova 1-o‘rin, Gulnoza Rustamova 2-o‘rinni, Shaxnoza Gulyamova 3-o‘rinni egalladi va respublika hududiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

G’oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Nasiba Mo‘minova,
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    153
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+