Yoshlarimizga yuksak ishonch bildirildi

21.07.2023, 10:42

Yoshlarimizga yuksak ishonch bildirildi

Prezidentimiz xorijdagi vatandoshlarimizni o‘ylab, qayg‘urishi saylovoldi dasturida ham namoyon bo‘ldi. Ularni qo‘llab-quvvatlab, yurtimiz taraqqiyotida faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish ma’lum qilinganidan barchamiz yaxshi xabardormiz. Shuningdek, xorijdagi vatandoshlarimiz orasida ona tili, milliy madaniyat va an’analarni targ‘ib etish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilishi ham Prezidentimizning tashabbuslaridan biri.

Davlatimiz rahbari yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratishi barchamizga yaxshi ma’lum. Lavozimga kirishish tantanali marosimida ham yoshlarga yana bir bor murojaat qilganliklari fikrimiz isbotidir. “El-yurt koriga avvalo kim yaraydi? Albatta, sizlar! Yangi O’zbekistonni, Uchinchi Renessansni kim barpo etadi? Albatta, sizlar! Yurtimiz, xalqimizni kelajakda kim rozi qiladi? Albatta, sizlar! Xalqimiz, Vatanimiz sizlarga ishonadi. Sizlar O’zbekiston tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan buyuk ishlarni amalga oshirishga qodirsiz”, deya yigit-qizlarimizga yuksak ishonch bildirildi. Ana shu ishonchga munosib bo‘lish har bir o‘g‘il-qizning, yoshlarimizning asosiy maqsadlaridan biriga aylanishi kerak.

Abdullo ASLONOV,
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi
raisi o‘rinbosari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    57
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+