Ko‘rik-tanlov g‘oliblari aniqlandi

25.07.2023, 17:39

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari aniqlandi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2023 yil 28 apreldagi qaroriga asosan, barcha yerda bo‘lganidek, Buxoro viloyatida ham “Ishbilarmon ayol-2023” ko‘rik-tanlovining tuman-shahar bosqichlari boshlab yuborildi.

Mazkur ko‘rik – tanlovining Buxoro shahar bosqichida tadbirkor ayollar o‘z mahsulotlari va ishlanmalarini talabchan hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etdilar.

 7 yildan bo‘yon O’zLiDeP tomonidan o‘tkazib kelinayotgan mazkur ko‘rik tanlovda Buxorolik soha ayollari ham o‘z mehnatlari mahsulini namoyish etish imkoniga va sovrinli o‘rinlarni egallashga erishdilar.

Keyingi paytda tadbirkorlik sohasidagi yutuqlari inobatga olingan holda hakamlar hay’ati Buxoro shahridagi "Nargiza DESIGN" ma’suliyati cheklangan jamiyati rahbari Nargiza Allakovaga faxrli birinchi o‘rinni berishga qaror qildilar, ikkinchi va uchunchi o‘rinlardan esa “Nodira atele” korxonasi direktori Nodira Yusupova hamda yakka tartibdagi Nargiza Ismailovalar joy oldilar. Shuningdek, yakuniy natijalarga binoan, bir qator ishbilarmon va tadbirkor ayollar “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Eng yosh, faol ayol tadbirkor”, “Zamonaviy tashabbuskor ayol” nominatsiyalarining g‘olibalari sifatida tashkilotchilar tomonidan munosib ravishda rag‘batlantirildilar.

Shahar bosqichi g‘oliblari ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Tadbir so‘ngida so‘zga chiqqan Buxoro shahar hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Umarova va boshqalar yurtimizda tadbirkor ayollar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar buxorolik soha xodimlari mehnatiga ham o‘ziga xos ijobiy turtki berayotganini va bu boradagi jarayon bundan keyin ham izchil davom etishini ta’kidladilar.

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    156
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+