Farg‘onaning ishbilarmon xotin-qizlari aniqlandi

28.08.2023, 15:49

Farg‘onaning ishbilarmon xotin-qizlari aniqlandi

Farg‘ona viloyatida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Ishbilarmon ayol-2023” ko‘rik-tanlovining hududiy Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan tadbirkor, hunarmand xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Ko‘rik-tanlovning Farg‘ona shahri hududiy respublika bosqichida ishlab chiqarish, hunarmandchilik sohasida o‘z faoliyatini olib borayotgan tadbirkor ayollar orasidan  g‘oliblarni aniqlash maqsadida hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokida tadbirkor xotin-qizlarning ko‘rgazmalari ko‘zdan kechirildi.

Xotin-qizlarni oilaviy tadbirkorlikka, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlikka jalb etish hamda bandligiga ko‘maklashish orqali yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov o‘nlab ishbilarmon ayollarni kashf etib kelmoqda.  Bu yilgi ko‘rik-tanlovda ham yangi qiyofalar, yangi tashabbuskor, hunarmand va tadbirkor ayollarimiz ko‘pligiga amin bo‘ldik.

Bugungi ko‘rik-tanlov Mustaqillik bayrami arafasida o‘tishi barchani quvontirdi. Tadbir davomida hamkor tashkilotlar mas’ullaridan tarkib topgan hakamlar hay’ati ishtirokchilarning faoliyatiga, tegishli hujjatlar bilan ham tanishib chiqdilar.

Shu o‘rinda, har bir nomzod o‘zining ishlab chiqarayotgan mahsuloti, uning sifati, yaratgan ish o‘rni va sotuvi, eksport hajmi haqida ham ma’lumot berdilar.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, ko‘rik tanlovning g‘oliblari aniqlandilar.

Birinchi o‘rinni Dang‘ara tumanida  joylashgan 117 nafar ishchi o‘rniga ega bo‘lgan,  tekstil maxsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Beknur CLASS” MChJ rahbari Umarova Ma’rifat, ikkinchi o‘rinni Quvasoy shahridan kelgan ishtirokchi "Dildora bonu nihol bog‘lari" fermer xo‘jaligi rahbari Abdurahmonova Dildora, uchinchi o‘rinni esa Uchko‘prik tumanidan kelgan Uchko‘prik tumani "Lazizim qalblar shifosi" unitar korxona rahbari Bo‘taboyeva Ra’no egalladilar.

Shuningdek, tadbirda ko‘zga ko‘ringan san’atkorlar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar tadbirni bayramona kayfiyatda o‘tishini ta’minladi.

  • Ko'rildi
    126
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+