Ochiq osmon ostida yoshlar bilan samimiy muloqot qilindi

29.08.2023, 16:50

Ochiq osmon ostida yoshlar bilan samimiy muloqot qilindi

Mirzo Ulug‘bek tumani “Eko park” bog‘ida O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzulmalari bo‘limi tomonidan mustaqillikning 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Yangi O’zbekiston yoshlari va Uchinchi Renessans” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tgan samimiy muloqotda partiya faollari, talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda O’zbekiston aholisi umumiy sonining 60 foizidan ortig‘ini yoshlar tashkil qiladi. Yoshlar masalalari davlat siyosatida strategik ahamiyat kasb etadi. Yoshlarga xozirgi kunda davlatimiz tomonidan ko‘plab yangi imkoniyatlar va sharoitlar yaratilyapti. Davlatimiz rahbarining sa’yi–harakatlari bilan talim yo‘nalishida inqilobiy ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Oliygohlar soni 77 tadan 210 taga, ularga qabul esa 5 barobar ortib, talabalar soni 1 millionga, davlat grantlari soni 2 barobarga ko‘payib 40 mingtaga yetdi.

Oliy talimdagi islohatlarning yana bir mahsuli – yoshlarimizning sarson bo‘lmasdan uyidan chiqmay bir vaqtda 5 ta Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoni yaratildi. Oldinlari ota-onalar to‘lov kontraktni to‘lolmay qiynalishardi, ko‘p yoshlarimiz shuning uchun ham o‘qishni tashlab qo‘yishardi. Hozirgi kunda imtiyozli va xalqchil kreditlash tizimi yaratildi. Hozirgi kunda yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlardan biri – bu “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta davlat qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etilishi, yuqori texnologik va innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha yiliga iste’dodli yoshlarimizni xorijning eng nufuzli oliygohlariga davlat hisobidan o‘qishga yuborish, buning uchun yiliga 200 mln.dollar ajratilishi bu yoshlarga berilgan mukofot desak xech mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugun O’zbekistonda davlatimiz rahbarligida Uchinchi Renesans davriga poydevor yaratilayotgani, undan ko‘zlanayotgan eng katta maqsad tarixan mavjud buyuk salohiyatni qayta uyg‘otishdan iboratligini ko‘rishimiz mumkin. Uchinchi Renesansni barpo etishda barchamiz harakat qilishimiz kerak!

  • Ko'rildi
    174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+