Istiqlol shodiyonasi: Qashqadaryolik talabalar o‘rtasida breyn-ring musobaqasi o‘tkazildi

30.08.2023, 16:14

Istiqlol shodiyonasi: Qashqadaryolik talabalar o‘rtasida breyn-ring musobaqasi o‘tkazildi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab, “Mamlakatimizda so‘nggi yetti yillikda yoshlar siyosatiga oid amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi” mavzuida vohadagi oliygoh talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov, bo‘lim mudiri Ulug‘bek Javliyev,  partiya faoli Xurshid Berdiyev va boshqalar so‘zga chiqib,  yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasi o‘laroq, ular ta’lim, sport, san’at, qo‘yingki, barcha sohalarda yuksak marralarni zabt etishayotganligi, keng ko‘lamli islohotlar kelajagimiz egalari hayotiga o‘zgacha shukuh va zavq bag‘ishlayotganligi, Yangi O’zbekistonimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalq baxti yo‘lida qilinayotgan ulug‘vor ishlar dunyoni lol qoldirayotganligi, bugun xalqimiz nigohida baxtiyorlik, istiqlolga shukronalik, mamlakatimizning ertangi kuniga bo‘lgan yuksak ishonch mujassam ekanligi, mustaqillik solnomasining yangi sahifasi qisqa fursat erishilgan yutuqlar, xalqimizning turmush farovonligini oshirish, ozod yurtimizning nurli istiqboliga qat’iy ishonch, mustaqillikni ko‘z qorachig‘idek asrash,  yurtga sadoqat bitiklari ila bezatilganligini alohida qayd etdilar.

Anjuman so‘ngida istiqlol bayramiga bag‘ishlab, Breyn-ring o‘yini tashkil etildi. Istiqlol solnomasi, amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar, “Yoshlar qanoti” tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini amaliyotgan tatbiq etayotgan loyihalar, partiya tarixi, dasturiy maqsadlari haqidagi savollarga javob qaytardilar.

Birinchi o‘rin Qarshi muhandislik institutining “Barkamol avlod” jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining “Marvel”, Qarshi Davlat universitetining “Nasaf” jamolari sazovor bo‘lishdi.

G’oliblarga viloyat kengashining Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    84
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+