Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29

Eng aziz, eng ulug‘ bayram-mamlakatimiz mustakilligining 32 yilligi Xorazm viloyatining har bir maxallasi, korxona va tashkiloti va mehnat jamoalarida "Yangi xayot uchun, yangi O’zbekiston uchun" shiori ostida keng nishonlanmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Tuproqqal’a tumanidagi eng yirik tadbirkorlik sub’ekti bo‘lgan "UzAuto Motors" AJ Xorazm viloyati filialida ham o‘tkazildi. Tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, O’zLiDeP faollari, korxona ishchi va xizmatchilari ishtirok etdilar.
Mazkur korxonada tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti partiya viloyat Kengashi tarkibidagi eng yirik quyi bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi. BPTga bugungi kunda 2000 nafardan ortiq partiya a’zolari birlashgan.
Bayram munosabati bilan korxona xodimlarini tabriklash uchun O’zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi raisi Islom Fayzullayev so‘zga chiqib, barcha ishchi-xodimlarini mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab o‘tdi. Sanoatning barcha tarmoqlarida bo‘lgani kabi avtomobilsozlikda ham transformatsiya jarayoni ketayotgani, shu bois Taraqqiyot strategiyasida avtomobil sanoatida kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarish va eksport hajmini yanada ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish maqsadi belgilangani ta’kidlandi. Mazkur korxonada mehnat qilayotgan 3800 dan ortiq ishchi xizmatchilar ham mamlakatimizning mashinasozlik sanoatini yanada rivojlantirishga, aholiga sifatli transport mahsulotlarini yetkazib berishda jonbozlik ko‘rsatishayotgani alohida e’tirof etildi.
Bugun bu kabi yirik korxonalar nafaqat yurt iqtisodini ko‘tarishga balki, minglab aholini ish bilan ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shayotir.
Tadbir yakunida ish faoliyati davomida na’muna bilan ishlab kelayotgan 200 nafar ilg‘or ishchi-xodimlar korxona va partiya viloyat Kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
O'xshash yangiliklar
-
Ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi
10.11.2023, 15:52
-
Maslakdoshlarimiz safi o‘smoqda
25.10.2023, 12:03
-
Buxoro shahrida O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni 98 taga yetdi
23.10.2023, 16:04
-
Tadbirkorlik sub’ektida partiyaning yangi quyi bo‘g‘ini ish boshladi
10.10.2023, 17:09
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
Fikringizni qoldiring