Yoshlar bilan samimiy muloqot qilindi

07.09.2023, 16:21

Yoshlar bilan samimiy muloqot qilindi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzulmalari bo‘limi hamda O'zLiDeP Yunusobod tuman Kengashi hamkorligida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan Jamila Shermuxamedova bilan yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda O'zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy talim markazi rahbari, deputatlar, yoshlar, partiya faollari ishtirok etishdi.

- Prezidentimiz farmoniga muvofiq «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlanganim nafaqat menga, balki sohada mehnat qilayotgan do‘stlarimga e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir ifodasidir. Kamtarona mehnatimizning alohida e’tirof etilishi meni yanada shijoat ko‘rsatib ishlashga chorlamoqda. Menga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash uchun bor kuchim, bilimim va salohiyatimni ishga solaman. Bu rag‘bat menga va kasbdoshlarimga kuch-quvvat berib yanada faol bo‘lishimizga undaydi, - dedi Jamila Shermuxamedova.

Darxaqiqat, yurtimizda yashayotgan har qaysi yoshu, qari inson, millati, tili va dinidan qat’i nazar, boshini baland ko‘tarib, yagona Vatanimiz bo‘lmish O’zbekistonimizning gullab-yashnashi yo‘lidagi olamshumul ishlarda mening ham munosib hissam bor, deb aytishga xaqlidir.

Bugungi tadbir qahramoni Jamila Shermuxamedova ham o‘zining mehnati, fidoiyligi, vatanparvarligi bilan yoshlarmizga o‘rnakdir. Vatanimizni yuksaltirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar o‘z hosilini bermoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda tub o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Yangilanishlar kirib bormagan birorta soha yoki tarmoq, mahalla qolmadi. 

Tadbir davomida talaba yoshlar o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

  • Ko'rildi
    160
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+