Talaba yoshlarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

11.09.2023, 15:52

Talaba yoshlarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

Mamlakatimizda qizg‘in jarayon boshlangan, ayni vaqtda respublikadagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan talabalarni oliy ta’lim muassasalarida tanishuv uchrashuvlari hamda talabalar turar joylariga joylashtirish jarayonlari davom etmoqda.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi yoshlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan hududlarda xalq vakillari, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan birgalikda bugungi kunda talabalarimizni qiynab kelayotgan muammolaridan biri talabalar turar joylariga joylashtirish jarayonini shaffof va tenglik asosida tashkil etish jarayonlari o‘rganilmoqda.

Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasi hududida joylashgan 56-sonli talabalar turar joyi faoliyati o‘rganildi. Mazkur turar joy Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat tenxnika universitetiga qarashli bo‘lib, 240 o‘rinli sig‘imga ega, ushbu turar joyga bosqichma bosqich talabalar joylashtirilmoqda. Joriy yildan boshlab Davlat interaktiv xizmatlari orqali qulaylik yaratilib talabalar yotoqxonalarga joylashtirilayotgani e’tirof etildi.

Turar joyda talabalarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi va kerakli tavsiyalar berildi.

Jamoatchilik nazorati davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    83
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+