“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi

11.09.2023, 16:30

“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi

O‘zLiDeP Buxoro viloyati hamda Romitan tuman Kengashi “Ayollar qanoti” bilan hamkorlikda “Har bir oila – tadbirkor” dasturida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida tumandagi “Attoron” MFYda joylashgan “Sanobar Samad Jasmina” MChJ o‘quv markazida tikish-bichish yo‘nalishida mahorat darsi tashkil etildi. Unda MFYdagi “Temir”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlari ro‘yxatidagi 20 nafar xoti-qizlar ishtirok etdilar.

“Sanobar Samad Jasmina” MChJ 2012 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab 4 nafar kishi bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda bu yerda 18 nafar ehtiyojmand ayollar doimiy ish bilan ta’minlangan. Tikuvchi ayollar mehnati bilan bolalarning tungi kiyimlari, o‘g‘il bolalar futbolkalari, maktab liboslari, elita pardalari, bir qator milliy kiyimlar tayyorlanib buyurtmachilarga yetkazib beriladi.

O’quv-markazida 3 oylik kurs mashg‘ulotlari tashkil etilgan bo‘lib, o‘quv yakunida tinglovchilarga tegishli sertifikatlar topshiriladi. MChJ sexlarida bundan tashqari non va non mahsulotlari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida bu mahsulotlar ham joylarga yetkazib berilmoqda.

11 yillik ish amaliyotiga ega bo‘lgan ushbu korxona rahbari Sanobar Jo‘rayevaning serqirra faoliyati “Ishbilarmon ayol-2023” ko‘rik-tanlovining hududiy respublika bosqichida munosib ravishda baholanib, u faxrli ikkinchi o‘rinni egallashga erishdi.

Mahorat darsi tinglovchilari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotdan ko‘zlangan maqsad mahallalardagi ishsiz, kam ta’minlangan, ehtiyojmand xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga ko‘maklashishdan iborat.

Shu kuni bu yerda o‘tkazilgan davra suhbatida O’zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari, partiya “Ayollar qanoti” ning istiqbolli loyihalari bo‘yicha batafsil so‘z yuritildi. O’z faoliyatini partiya a’zosi sifatida davom ettirish istagida bo‘lgan 9 nafar tikuvchi xotin-qizlar partiya safiga qabul qilindilar. MChJ huzurida yangi BPT o‘z faoliyatini boshladi.

  • Ko'rildi
    182
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+