Qishloq ayollari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

11.09.2023, 16:39

Qishloq ayollari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

O'zLiDeP G’uzor tuman Kengashi hamda tuman kengashi deputati Jamol Jumayev tashabbusi hamkorligida tumanning chekka hududi sanalgan    “Obihayot” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli “O’tari” va “Qo‘shquduq”  qishloqlarida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini  shakllantirish, ayollar o‘rtasida tibbiy savodxonlik va tibbiy madaniyatni oshirish, ona va bola salomatligini mustahkamlash maqsadida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida  “Sog‘lik – uzoq umr garovi” mavzusidagi mazkur aksiya jarayonida   “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Qashqadaryo viloyat bo‘limi xodimlari hamda vohaning malakali shifokorlari tomonidan  kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan 84 nafardan ortiq xotin-qizlar va ularning 22 nafar bolalari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tashhis qo‘yilib, poliklinika va shifoxonalarda davolanish uchun yo‘llanma berildi.

-Ekologiyaning kun sayin ifloslanib borayotganligi, ichimlik suvining yaroqsizligi tufayli xotin-qizlarda zob, o‘t, surunkali kamqonlik va buyrakda tuz yig‘ilishi kabi kasalliklar kuzatilmoqda, -deydi UZI shifokori  Murod Quvvatov. – Opa-singillarimiz yillar davomida biror marta bo‘lsa ham shifokor ko‘rigidan o‘tishmaydi, o‘z salomatliklari haqida mutlaqo qayg‘urishmaydi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Anjuman doirasida opa-singillarimizga sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish, kasalliklarni oldini olish uchun tez-tez shifokor ko‘rigidan o‘tib turish, maktab va mahallalarda sog‘lom turmush tarzi qoidalarini keng targ‘ib qilish borasida tavsiyalar berib, keksa va nogironlarga bepul dori - darmon va ko‘zoynaklar tuhfa etdik. Ishonamanki, bunday tadbirlar millat beshigini tebratayotgan mehribon va munis opa-singillarimiz salomatligini muhofaza  qilish hamda nurli istiqlolimiz egalari bo‘lgan-yosh avlodni sog‘lom va jismonan baquvvat bo‘lib dunyoga kelishida dolzarb ahamiyat kasb etadi.

  • Ko'rildi
    111
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+