BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tarkibida o‘z saflariga 102 mingdan ortiq maslakdoshlarimizni birlashtirgan 1003 ta quyi bo‘g‘in faoliyat olib bormoqda. Ayni kunlarda partiya viloyat Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan mavjud Boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati atroflicha o‘rganilmoqda.
O’rganishlar davomida quyi bo‘g‘in a’zolarining partiya Dasturi hamda maqsad va vazifalarini keng targ‘ib qilish, partiya safiga kirish istagida bo‘lgan yangi a’zolar ro‘yxatini shakllantirish borasida olib borilayotgan faoliyati, hududlardagi mavjud muammolarni xal qilishda deputatlar bilan yaqindan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi, BPTlarning moddiy-texnik bazasi va boshqa shu kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, ishchi guruh tarkibiga kiritilgan tajribali maslakdoshlarimiz ishtirokida quyi bo‘g‘in a’zolari bilan turli yo‘nalishlarda o‘quv seminarlari , targ‘ibot tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri - Jizzax shaharidagi "Dilbek Sher Trans" avtomaktabida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotida ham bo‘lib o‘tdi. Alisher Begaliyev yetakchilik qilayotgan mazkur quyi bo‘g‘in o‘z tarkibiga 14 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan.
Mahalliy Kengash deputatlari, partiya Jizzax shahar Kengashi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda, “O’zbekiston 2030” strategiyasida amalga oshirilishi belgilangan loyihalar, ayni kunlarda shiddat bilan davom etayotgan islohotlarda partiya faollarining o‘rnini yanada oshirish yuzasidan fikr yuritildi.
Tadbir so‘ngida partiya safiga kirish istagida bo‘lgan 5 nafar yangi a’zolar ro‘yxati shakllantirildi.
Abdukarim Isaxonov,
O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi
10.11.2023, 15:52
-
Maslakdoshlarimiz safi o‘smoqda
25.10.2023, 12:03
-
Buxoro shahrida O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni 98 taga yetdi
23.10.2023, 16:04
-
Tadbirkorlik sub’ektida partiyaning yangi quyi bo‘g‘ini ish boshladi
10.10.2023, 17:09
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
Fikringizni qoldiring