Xususiy oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

12.09.2023, 10:59

Xususiy oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

O'zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan PROFI UNIVERSITY Navoiy viloyat filialida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi dorisida viloyatimizda ko‘zga ko‘ringan, partiyamizning faoli bo‘lgan tadbirkorlar va oliygoh talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Unda so‘zga chiqqanlar bugun yoshlarimizning ta’lim olishlari, yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishlari hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlari, iqtidor va qobilyatlarini ishga solib yangi tashabbuslarni ilgari surishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratib berilganini e’tirof etdilar.

Takidlandiki, mustaqillikka erishganimizdan keyin mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadrini ulug‘lash, yurtdoshlarimizning bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda. O’tgan har bir kunimiz xalqimizning fidokorona mehnati, bunyodkorlik salohiyatining yana bir amaliy namoyoni, erkin, ozod va farovon hayotimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli sifatida yangi tariximiz solnomasiga tom ma’noda yorqin sahifa bo‘lib kirmoqda.

“Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayatgan ulkan o‘zgarishlar natijasida bugungi kunda mamlakatimizda turli sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham xususiy sektorning ulushi tobora ortib bormoqda. Jumladan, PROFI UNIVERSITY ham xususiy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, yuzdan ziyod yuqori salohiyatli pedagog-xodimlar  faoliyat olib bormoqda. Ularning asosiy qismi fan doktori va fan nomzodlari sanaladi”, - deydi mazkur oliygohning rektori A.Filippov.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblarni oldilar.

  • Ko'rildi
    84
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+