Strategiyada belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlashga barchamiz mas’ulmiz

14.09.2023, 11:39

Strategiyada belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlashga barchamiz mas’ulmiz

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashida davlatimiz rahbarining “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda partiya faollari hamda deputatlarning o‘rni mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, xalqimizning xohish irodasini o‘zida aks ettirgan mazkur hujjat so‘nggi yetti yilda amalga oshirilayotgan islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishda va shu asosda aholining turmush darajasi, iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyot darjasi rivojlangan davlatlar qatoriga ko‘tarilgan Yangi O’zbekistonni barpo etishda, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlashda “Yo‘l xaritasi” vazifasini o‘taydi.

Farmonda “O’zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilangan.

Ochiq muloqot davomida “O’zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, ularning ijrosini ta’minlash, jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    72
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+