“O’zbekiston - 2030” strategiyasi: Barchamizni yangi marralar sari harakatga chorlaydi

15.09.2023, 13:06

“O’zbekiston - 2030” strategiyasi: Barchamizni yangi marralar sari harakatga chorlaydi

Hammamizga ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi. Bu muhim hujjat loyihasini tayyorlashda xalqimiz, shu jumladan partiyamiz faollari ham o‘z taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etdilar. Bir so‘z bilan aytganda, taraqqiyot strategiyasi xalqimizning maqsad va orzulariga hamohang bo‘ldi, desak, hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kuni kecha esa Davlatimiz rahbarining “O’zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida Farmoni va uni ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar haqidagi qarori qabul qilindi. Beshta ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsaddan tarkib topgan bu muhim hujjatni namanganliklar ham chuqur mamnuniyat bilan qabul qildilar. Partiyamiz viloyat, tuman, shahar kengashlari, boshlang‘ich tashkilotlari vakillari ishtirokida ushbu muhim Farmon va qarorlardan kelib chiqadigan vazifalarni belgilab oldik.

Birinchi navbatda “O’zbekiston-30” strategiyasining mazmun-mohiyatini keng xalq ommasiga, elektorat vakillariga sodda, xalqchil tilda va usulda yetkazish, targ‘ibot ishlari samaradorligini va ta’sirchanligini oshirish ko‘zda tutildi.

Strategiyada beshta ustuvor yo‘nalish bo‘lsa, shundan bittasi aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish hisoblanadi. Shu ma’noda viloyatimizda sog‘liqni saqlash tizimida keyingi yetti yilda katta islohotlar amalga oshirilganini alohida ta’kidlash joiz.

Jumladan, respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Namangan filialida joriy yilda mahalliy budjet hisobidan 5 milliard 200 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Markazga Avstriyaning "AME international" kompaniyasi tomonidan qiymati 8,89 million yevrolik eng zamonaviy tibbiy apparat va jihozlar oliyub kelib o‘rnatildi. Bu yerda dastlab 18 turdagi kardio jarrohlik amaliyoti bajarilgan bo‘lsa, hozir ularning  soni 65 tadan oshdi. Yil yakunigacha buni 112 turga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Eng muhimi, endi bemorlar ilgarigidek kardiologik jarrohlik amaliyotlarini qildirish uchun Toshkentga, xorijiy davlatlarga borib, vaqtlarini, ortiqcha mablag‘larini sarflashdan qutuldilar.  

“O’zbekistong‘ - 2030” strategiyasida keyingi yetti yilning ichida tibbiyot tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholiga qulay imkoniyatlar yaratish, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishini hozirgi 73 yoshdan 78 yoshga yetkazish, onalar va bolalar o‘limini ikki barobarga qisqartirish, yurak-qon tomir kasalliklarini keskin kamaytirish, tibbiy ko‘riklar sifatini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan qator vazifalar belgilandi.

Men shifokor, shuningdek, partiya viloyat kengashi raisi sifatida xalqimiz farovonligiga, inson manfatlariga xizmat qiladigan ushbu strategiyaning amalda bajarilishini ta’minlashga, partiya faolarini ezgu maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilishlari yo‘lida bor bilim va salohiyatimni, tashkilotchilik qobiliyatimni ishga solaman. Zero, strategiya barchamizni yangi marralar sari harakatga chorlaydi.

Solijon MO’MINOV,

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi raisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    92
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+