“Yangi avlod kadrlari” – Yangi O’zbekiston bunyodkorlaridir

20.09.2023, 12:47

“Yangi avlod kadrlari” – Yangi O’zbekiston bunyodkorlaridir

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi Tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi bilan Qarshi shahar kengashi hamkorligida “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari”  Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yoshlar kelajak bunyodkori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Institut o‘qituvchilari va talabalar ishtirokidagi musohabada O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Tashkiliy-partiyaviy ishlar  bo‘limi mudiri Rustam Poshshayev so‘zga chiqib, viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari  bitiruvchilaridan amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, zaxiraga olingan talabalarni bosqichma-bosqich sohaga tayyorlab borish, qayta o‘qitish va pirovardida bugungi kun rahbarlariga xos bilim va salohiyatni shakllantirishga e’tibor qaratish borasidagi tashkiliy-partiyaviy  ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

So‘zga chiqqanlar partiya tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash masalasiga katta e’tibor qaratilayotganligi, mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, vertikal tizimni yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodning kuch-g‘ayrat va shijoatini bunyodkorlik sari yo‘naltirish, xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan davra suhbatida shiddati tez zamon bilan hamnafas yashab, taraqqiyot sari dadil odimlash uchun muttasil o‘qib-o‘rganish, yangiliklar sari intilish, bilimlarni yanada mustahkamlash talab etilishini alohida ta’kidlandi. O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi bilan o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida  vohadagi oliygohlarda tahsil olayotgan talabalar viloyat ishlab chiqarish sanoati hamda qishloq xo‘jaligida qo‘llanayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishayotganligi, malaka oshirgan holda  nazariya bilan amaliyotni uyg‘unlashtirish asnosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish,  zamonaviy  qurilmalarning ishlash jarayoni, ularni  boshqarish xususidagi bilimlarga ega bo‘layotganliklari haqida ham aytib o‘tildi.

Shuningdek,  davra suhbatida “O’zbekiston-30” strategiyasining mazmun-mohiyatini yoshlarga  sodda, xalqchil tilda va usulda yetkazish, targ‘ibot ishlari samaradorligini va ta’sirchanligini oshirish borasidagi ishlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Shahzod ORIPOV,

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tashkiliy-partiyaviy

va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    98
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+