Hududiy investitsiya loyihalarni jalb qilish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

20.09.2023, 17:46

Hududiy investitsiya loyihalarni jalb qilish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

Joriy yilning 19 sentabr kuni Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining 82-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri o‘rinbosari Aktam Xaitov, parlament quyi palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari, shahar sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jamoat va boshqa tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga ikkita asosiy masala, xususan, 2023 yilning o‘tgan davri davomida hududiy investitsiya loyihalarining ishga tushirilishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport prognozlarining bajarilishi hamda 2023-2024 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Birinchi masala yuzasidan Guliston shahar investisiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i D.Nazarbekov axborot berdi. Ta’kidlanganidek, Iqtisodiyotga investitsiya va ilg‘or texnologiyalar faol jalb etilayotgani natijasida sanoat izchil rivojlanmoqda.

Xususan, Guliston shahrida 2023 yilning o‘tgan davri davomida hududiy investitsiya dasturiga ko‘ra, umumiy qiymati 1 trln, 136 mlrd. so‘mlik 112 ta hududiy loyihalar ishga tushirilishi va natijada 1823 ta ish o‘rini yaratilishi rejalashtirilgan. Yil yakuniga qadar qiymati 828 mlrd so‘m bo‘lgan 61 ta hududiy investitsiya loyihalari ishga tushirilishi va natijada 1126 ta ish o‘rini yaratilishi rejalashtirilgan va bu bo‘yicha doimiy monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunga kelib, loyihaga doir mas’ul rahbarlar tomonidan ishlar samarali tashkil etilayotganligi, yil yakuni bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’kidlandi.

Guliston shahrida joriy yilda jami joriy yilda 18,8 mln dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lib, yanvar-avgust oylarida qiymati 21,5 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirilgan. Yil yakuniga qadar jami 31,1 mln dollar qiymatida to‘g‘ridan to‘g‘ri horijiy investitsiya va horijiy kredit liniyalari mablag‘lari o‘zlashtirilish rejalashtirilgan.

Belgilangan eksport prognoz ko‘rsatkichlari 13,4 mln dollarga yoki 66 foizga bajarilgan bo‘lib, 2022 yil mos davriga nisbatan 80 foizni tashkil etmoqda.

Sessiyada muhokamalar davomida hududda investitsilarni jalb qilish borasida ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, mas’ullar tomonidan bu borada sust ish olib borilayotganligi tanqid ostiga olindi.

Sessiyada kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Guliston shahar hokimi T.Dadabayev hisoboti eshitildi.

Hisobotga ko‘ra, Guliston shahrda 2023-2024-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Unga ko‘ra, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilib, shahar shtabi tashkil qilingan. Hozirgi kunda fuqarolardan kelgan murojaatlar tezkorlik bilan o‘rnib borilyapti.

Guliston shahrida jami 398 ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, unda 11 311 ta xonadon mavjud. Ushbu xonadonlarga 11 ta “Boshqaruv Servis Kompaniyalari” va 1 ta xususiy uy-joy mulkdorlarii shirkati xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Barcha shirkatlarda 24 soatlik xizmat ko‘rsatuvchi avariya-dispetcherlik xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Guliston shahrida kuz-qish dasturi asosida jami 24 ta ko‘p qavatli uylarni jami 2,2 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Guliston shahrida 191,8 km elektr tarmoqlari va 92 dona transformator punktlari ta’mirlash rejalashtirilgan. Shundan 77,8 km elektr tarmoqlari va 30 dona TPni mukammal ta’mirlash rejasiga tushgan bo‘lib 70 km elektr tarmoqlari va 24 dona TP mukammal ta’mirlangan.

Shuningdek, “Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tasarrufida jami 446 dona GTQlar bo‘lib, hozirgi kunga kelib amalda 281 dona (63.0%) gaz taqsimlash punktlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilgan. “Ulug‘ yo‘l”, “Bo‘ston”, “Ulug‘obod”, “Baxt”,“Sayqal”, “Namuna”, “Navbaxor”, “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘inlarida nosoz markaziy ichimlik suv tarmoqlari yil davomida ta’mirlanib, yangitdan almashtirilgan.

Bundan tashqar aholi xonadonlaridagi, shu jumladan, ko‘p kvartirali uylardagi elektr, gaz va issiqlik ta’minoti vositalari, isitish qozonlari, dudbo‘ronlar va ventilyatsiya tizimlarining holatini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, fuqarolarning is gazidan zaharlanishini oldini olish maqsadida mas’ul tashkilotlar vakillaridan tarkib topgan targ‘ibot guruhi tuzilgan.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan muhim masalardan biri sifatida kuz-qish mavsumida elektr energiyasini ishlab chiqarish barqarorligini saqlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shu boisdan, shahar hokimi o‘rinbosari A.Kamilov rahbarligidagi ishchi guruh qo‘shimcha ishlab chiqarishni hisobga olgan holda, hududlarning oyma-oy energiya balansini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Sanoat korxonalarini oldindan xabardor qilmasdan turib, elektr ta’minotidan uzish mumkin emasligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari A.Xaitov sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, sohada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining Farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston — 2030” strategiyasi hamda “O’zbekiston — 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning ahamiyati, mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar tushuntirib o‘tildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlarning savollariga mutasaddi xodimlarning javoblari tinglandi, sohada yo‘l qo‘yilgan hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan muhokamalar olib borildi, ularni bartaraf etish yuzasidan sessiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    105
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+