Yangi O’zbekiston yoshlari Uchinchi Renessans poydevorlari

21.09.2023, 17:17

Yangi O’zbekiston yoshlari Uchinchi Renessans poydevorlari

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi hamda Buxoro muxandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yangi O’zbekiston yoshlari uchinchi renessans poydevorlaridir” mavzusida ochiq muloqot tashkil etdi.  

Tadbirda partiya hududiy tashkilotlariga siyosiy jihatdan yetuk, partiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarida davr talablariga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, yigit-qizlarni siyosiy jarayonlarga keng jalb etish borasida partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Tadbirda talaba–yoshlarga «O’zbekiston–2030» strategiyasining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda so‘ngi yillarda  yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ham batafsil fikr yuritildi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbir so‘ngida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batasil javob qaytarildi.

Ta’kidlash kerak, loyiha doirasida bu kabi tadbirlar Buxoro davlat universiteti, TIQXMMI MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham ham ko‘taringki ruhda o‘tkazilmoqda.

  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+