Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi

21.09.2023, 17:25

Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida Xorazm viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasinig bosh rejalarga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazorati sho‘basi mas’ul xodimi Sherzod Amedov va Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Komiljon Shomuratovlar axboroti tinglandi.

Bugun qurilish-bunyodkorlik ishlari mamlakat iqtisodiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanib kelayotgan sohalaridan biriga aylandi. Xalqimizning hayot sifati va darajasini oshirishga bevosita xizmat qiladigan soha vakillari sifatida quruvchilarning zamonaviy bino va inshootlarni barpo etishdagi, shaharu qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish borasidagi faol ishtirokini alohida ta’kidlash joiz.

Mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar shaharu qishloqlarimizga ko‘rk beradigan bino inshoatlar bilan birga bu manzarani buzadigan noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshoatlar ham borligi dilni xira qiladi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ham mazkur sohada qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Xorazm viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan “Shaffof qurilish” tizimi orqali 1671 ta, jumladan, 317 ta davlat ob’ektlari, 1354 ta tadbirkorlik ob’ektlarida davlat nazorati olib borilmoqda.

Joriy yil boshidan bugunga qadar inspektorlar tomonidan 2089 ta monitoring o‘tkazilib, aniqlangan holatlar bo‘yicha buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkilotlariga tizim orqali jami 2752 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan.

Bundan tashqari tizim orqali 84 ta ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berilgan.

Inspektorlar tomonidan ob’ektlarni o‘rganish jarayonida, energiya samarador mahsulotlari ishlatilmayotgan ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmachi tashkilotlarga 258 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan. 

Bundan taqshari, ob’ektlarda qo‘pol qoida buzilish holatlarni keltirib chiqarganligi uchun “Mamuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi bilan jami 339 ta 913 mln. 455 ming so‘mlik jarima qarorlari qabul qilingan.

Ob’ektlarni o‘rganish jarayonida, sifatsiz qurilish mahsulotlari ishlatilganlik holatlari aniqlanib 31 ta ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning litsenziyalarini bekor qilish bo‘yicha taqdimnomalar kiritilgan.

Arxitektura, loyihalash va Bosh rejalarga rioya qilish ustidan nazorat bo‘limi tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oyi davomida tuman va shahar hududlarda noqonuniy qurilishlarni aniqlash bo‘yicha 400 ta ob’ektda monitoring ishlari o‘tkazildi. Shundan 174 tasi noqonuniy qurilma ekanligi aniqlanib, 143 ta holatda buyurtmachiga nisbatan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Yig‘ilishda viloyat kengashi deputatlari Urganch shahridagi bir qator noqonuniy yoki shaharsozlik normalariga zid ravishda o‘zboshimchalik bilan barpo etilayotgan binolar xususida bergan savollariga mas’ullar atroflicha javob berdilar. Noqonuniy qurilishlar aniqlanib holat yuzasidan shahar, tuman hokimliklariga taqdimnomalar berilgani va shu asosda hokimliklar tomonidan mazkur holatlar bartaraf etilayotgani ta’kidlandi. 

Eshituv yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar, takliflar bildirilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Sevara Ruzmetova,

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    95
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+