O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashining xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishidagi ishlar sarhisob qilindi

06.10.2023, 13:56

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashining xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishidagi ishlar sarhisob qilindi

O`zLiDeP Toshkent shahar va tuman Kengashlaridagi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya ayollar qanoti tomonidan o‘tgan to‘qqiz oyi davomida qilingan ishlari sarhisob qilindi.

Yig‘ilishda dastlab, O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Gavxaroy Tuxtasinova “O’zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatini xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va unda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan O‘zLiDeP Ayollar qanoti oldida turgan ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

O’tgan vaqt davomida partiya ayollar qanoti tashabbusi bilan har bir mahallada ishsiz, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb qilish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish, ayollarning huquqiy, iqtisodiy va siyosiy savodxonligini oshirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Xotin-qizlarining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtiroki va faolligini oshirish, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish borasida fikr-mulohazalar bildirilib, amaliy takliflar ishlab chiqildi. Ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham ahamiyat qaratildi.  Jumladan, ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarni oldini olishda tibbiy ko‘riklarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, bu borada ham rejalar tuzib olindi.

Shuningdek mahallalarda hurmatga sazovor bo‘lgan partiya faollari, tadbirkor, ishbilarmon xotin-qizlarni partiya safiga jalb etish kabi masalalar yuzasidan ham galdagi vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    127
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+