Deputat mahallaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish masalasini o‘rgandi

09.10.2023, 14:28

Deputat mahallaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish masalasini o‘rgandi

Joylarda qonun ustuvorligi ta’minlanishi xalqning ishonchli vakillari bo‘lgan deputatlarning munosib faoliyat olib borishi bilan ham belgilanadi.

Aytish joizki, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining joylarda qonun hujjatlari, farmon va qarorlar ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishdagi mas’uliyati ortib bormoqda. Aholi o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelayotgan partiya deputatlari davlat hokimiyati organlari ochiqligini ta’minlashda faollik ko‘rsatmoqda. 

Xususan Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi J.Bekbergenova o‘zi saylangan hudud “Qirontov” ovul fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. O’rganish davomida ichimlik suvini tortish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bugungi kunda Ozarbayjon Respublikasining qurilish korxonasi tomonidan “Qirontov” ovul fuqarolar yig‘ini hududida 21,5 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlarini yangidan tortish ishlari deputatlik nazoratga olindi. Ma’lumot o‘rnida 2023-2024-yillar  davomida Nukus tumani hududida jami 155 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish va 4 dona suv imorati  ta’mirtalab ishlarini olib borish rejalashtirilgan. 

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    133
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+