Oila farovonligini ta’minlashdagi muammo va yechimlar

11.10.2023, 12:18

Oila farovonligini ta’minlashdagi muammo va yechimlar

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan viloyat “Oqila ayollar” harakati hamkorligida “Farovon oila” loyihasi doirasida ushbu mavzuda onlayn seminar tashkil etildi.

Partiyaning Samarqand viloyat Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Viloyat “Oqila ayollar harakati” rahbari Jamila Sayfiddinova so‘zga chiqib, og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan oilalar sharoitini yaxshilash, ularga davolash, dori vositalari bilan ta’minlash, farzandlarini maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlariga joylashtirish, moddiy yordam berish kabi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi va xotin-qizlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, viloyatdagi 1126 ta mahalla faollari tomonidan  erta turmush va erta tug‘ruq holatlari, oilaviy ajralishlarning oldini olish, ayollarning ma’naviy-axloqiy, huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish borasida hamkor tashkilotlar bilan muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Targ‘ibotlar natijasida viloyatda 8 oy ichida ajrim soni 3145 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 344 taga kamayganligi ma’ruzachilar tomonidan qayd etildi.

Tadbir yakunida oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida joylarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirildi va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Marhabo Chuliyeva,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    122
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+