Tilni asrash – elni asrashdir

19.10.2023, 15:41

Tilni asrash – elni asrashdir

O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi tashabbusi bilan Janubiy kon boshqarmasi Zarkent shaharchasidagi madaniyat maskanida o‘zbek tili bayrami bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir avvalida mamlakatimiz oltin xazinasiga hissa qo‘shib kelayotgan  kon xodimlari o‘rtasida diktantlar tanlovi o‘tkazildi.  G’oliblarga esdalik va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.  So‘ng bilimdonlarning viktorina savollariga tezkor va aniq javob berganlari rag‘batlantiridi. Tizimda mehnat qilayotgan ishchi xodimlar farzandlarining badiiy chiqishlari bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida tilimizni asrash, uning go‘zalligi va nafisligini anglash hamda kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning muqaddas vazifamiz ekani ta’kidlandi.

  • Ko'rildi
    123
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+