O’zLiDeP vakillari “kuzgi daraxt ekish mavsumi”da faol ishtirok etmoqda

20.10.2023, 15:56

O’zLiDeP vakillari “kuzgi daraxt ekish mavsumi”da faol ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi. Bu mavsumda respublika bo‘yicha  85 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan.

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, hamkor tashkilotalar, partiya faollari, deputatlar mazkur jarayonda faollik ko‘rsatib, ko‘chat ekish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Amudaryo tumanidagi “To‘lqin” ovuli hududida faoliyat yurituvchi “Ilhom Matluba” fermer xo‘jaligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida dala chetlarida ko‘chat ekilishi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Unda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam  Xaitov, Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi vakillari, tegishli tashkilot vakillari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etdi.

Xalqimizda bog‘ yaratish, ekilgan nihollarni parvarishlab, atrof-muhitni ozoda saqlash ota-bobolarimizdan qolgan azaliy qadriyatdir. Bugungi kunda mana shunday ezgu an’ana davom etayotganiga barchamiz guvoh bo‘lib, uning bevosita ishtirokchisiga aylanmoqdamiz.

Ko‘chat ekish ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirish uchun hozirdanoq keng miqyosda tushuntirish-targ‘ibot ishlari boshlab yuborildi. Aholining, ayniqsa yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, ularda atrof-muhitga bo‘lgan ehtiyotkorona va do‘stona munosabat ruhini shakllantirish, bolalikdanoq tabiatga mehr-muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Seminar davomida tumandagi 49 ta mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlari raislari, nuroniylar, mahalla faollari “Choyko‘l” ovuli hududida dala chetlariga mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekishdi.

Ta’kidlash joiz, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida Amudaryo tumanida 488 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Albatta bunda, hudud iqlimiga mos, allergik kasalliklar keltirib chiqarmaydigan ko‘chatlar ekiladi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    108
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+