Partiya ishchi guruhi Sirdaryoda ijtimoiy soha obe’ktlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganyapti

20.10.2023, 16:02

Partiya ishchi guruhi Sirdaryoda ijtimoiy soha obe’ktlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganyapti

Bugun O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Qonunchilik paltasidagi fraksiyasi, partiyaning hududiy kengashlari va mahalliy kengashlar deputatlari bilan o‘zaro aloqalari mutlaqo yangicha ko‘rinishda yo‘lga qo‘yilmoqda. Joylardagi muammo va kamchiliklarni hal etishda natijadorlikka erishish, shu jumladan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va ayollar muammolariga yechim topishga qaratilgan jamoatchilik nazoratining samarali shakllari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu kunlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, energetika tizimining barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, tadbirkorlar erkinligi kafolatlari kabi yo‘nalishlarda joylarga chiqib, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish ishlariga kirishildi.

Bu borada Partiyaning 2023 yil yakunigacha va 2024 yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi vazifalar rejasida ham o‘z aksini topgan.

Shundan kelib chiqqan holda partiya hududiy kengashlar o‘z ishchi guruhlarini shakllantirib, joylarda jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar olib boryapti.

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan Sirdaryo tumani va Guliston shahrida joylashgan bir qator ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz - qish mavsumiga tayyorlash borasida qilingan ishlar xolati o‘rganilmoqda.

-"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta’minoti filiali tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Guliston shahridagi 96 947 ta aholi xonadonida tabiiy gaz jihozi mavjud, - deydi O‘zLiDeP Guliston shaxar Kengashi Apparat rahbari, ishchi guruh a’zosi Lola Kenjayeva. – O’rganishlarimiz jarayonida ishchi-xizmatchilarga nafaqat o‘z ish joylarida, balki turar joylarida ham isitish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkorlik va mas’uliyatni unutmasliklarini uqtirib o‘tdik.

Shu kuni ishchi guruh a’zolari Guliston shahridagi bog‘chalar, maktabgacha ta’lim tashkiloti va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlarida qozonxonalarning qish mavsumiga tayyorgarligi, ko‘mir, suv ta’minoti va yong‘inni o‘chirish asbob-anjomlari hamda tegishli moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlanganligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida e’tibor qaratdilar.

O’rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumot va aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan yo‘l xaritalari loyihalarini ishlab chiqib, tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Boburmirzo Abdurahmonov,

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    57
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+