Buxoro shahrida O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni 98 taga yetdi

23.10.2023, 16:04

Buxoro shahrida O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni 98 taga yetdi

Buxoro shahrida aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan sub’ektlardan biri - “JOYIZAR FAYZ” oilaviy korxonasi bo‘lib, bu yerda bugungi kunda 10 nafar ishchi xizmatchilar mehnat qilmoqda.

O'zLiDeP Buxoro shahar Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari –apparati rahbari R.Zagretdinov ishtirokida partiya tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan bu yerda o‘tkazilgan davra suhbatida ushbu siyosiy tuzilmaning mamlakatimiz siyosiy maydonidagi o‘rni, yetakchi partiya sifatida obro‘-e’tibori, uning asosiy elektorati hisoblangan tadbirkorlar, fermer va hunarmandlarning haq-huquqlarini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlari, partiyaviy loyihalarning amaldagi ijrosi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

- Partiya saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash har bir maslakdoshimiz zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi, - deydi R.Zagretdinov. –Partiya a’zolari safini tobora kengayib borishiga erishish doimiy e’tiborimizda bo‘lib, ushbu davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shudir.

Tadbir yakunida korxona ishchi-xizmatchilaridan 8 nafari partiya safiga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi va shu tariqa bu yerda yangi partiya quyi bo‘g‘ini o‘z faoliyatini boshladi. Buxoro shahri bo‘yicha O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni endilikda 98 taga yetkazildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    126
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+