Partiyaning jamoatchilik nazorati doirasidagi tadbirlari davom etmoqda

24.10.2023, 17:04

Partiyaning jamoatchilik nazorati doirasidagi tadbirlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, belgilangan jamoatchilik nazorati tadbirlari doirasida Toshkent viloyatida ham hududlarda ijtimoiy soha ob’ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish davom etmoqda.

Partiya Toshkent viloyat Kengashi, Xalq deputatlari hududiy va mahalliy Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari, “Elektr tarmoqlari”, “Gaz ta’minoti”, “Suv ta’minoti” korxonalari mutasaddilaridan iborat ishchi guruh 2023-2024 yillardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini juda katta sinchkovlik bilan o‘rganishmoqda.

Ishchi guruhi viloyat markazi bo‘lgan Nurafshon shahri hamda Bo‘ka tumanlaridagi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashni ta’minlash yo‘nalishida qilingan ishlar bilan tanishdilar.

Xususan, Nurafshon shahridagi 480 o‘rinli 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Bo‘ka tumanidagi MMTB qarashli 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 10, 21, 33-umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ko‘p qavatli aholi turar joylaridagi mukammal va joriy ta’mirlash dasturlarining ijrosi, ularga olib boruvchi yo‘l infratuzilmasining holati, sanitariya-gigiyenik holati, toza ichimlik suvi, elektr hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur maskanlardagi o‘rganish mobaynida ko‘zga tashlangan ko‘mir va o‘tin zaxirasini saqlashda zarur bo‘ladigan maxsus saqlov xonalarini tashkil etish, yoqilg‘i zaxirasining uzluksizligini ta’minlashda amaliy ko‘mak berish singari muammolarni bartaraf etish borasida kelgusidagi vazifalarni belgilab olishdi.

Fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan hududlarda o‘tkazilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    134
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+