Partiya ishchi guruhi: Samarqandda “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati o‘rganildi

24.10.2023, 17:15

Partiya ishchi guruhi: Samarqandda “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati o‘rganildi

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zLiDePning uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ishchi guruhlar shakllantirildi. Unga muvofiq, bir qator partiyaviy loyihalar, nazorat tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Ishchi guruh vakillari Samarqand viloyatida bo‘lib, yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish, yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish ta’minlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, Yoshlar parlamenti Raisi o‘rinbosari O.Sobitov Samarqand viloyatining “Ishga marhamat” aholi bandligiga ko‘maklashuvchi Monomarkaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda mazkur monomarkaz 4 500dan ziyod aholi 38 foizi yoshlarga xizmat qilmoqda. 31 ta yo‘nalish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli o‘quv mashg‘ulotlari amalga oshirilmoqda.

Quvonarli jihati Monomarkaz qoshida “Monoservis” ishga tushurilgan bo‘lib, mazkur servis orqali aholiga tikuvchilik, pazandachalik bo‘yicha shu maskanni o‘zida og‘irini yengil qilishga qaratilgan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda, bundan tashqari mazkur monomarkazni tamomlagan 85 foiz aholi ish bilan to‘liq ta’minlangan.

Monomarkaz qoshida issiqxona ham tashkil etish orqali hududda joylashgan savdo rastalariga poliz mahsulotlarini yetkazib berishga ko‘maklashilmoqda.

Monomarkaz faoliyatini yanada jonlantirish bo‘yicha mavjud muammolar aniqlanib, ularning yechimi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    163
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+