Kamchiliklar bartaraf etiladi

24.10.2023, 17:34

Kamchiliklar bartaraf etiladi

Shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan belgilangan jamoatchilik nazorati tadbirlari doirasida Namangan viloyatida ijtimoiy soha ob’ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Partiya ishchi guruhi O’chqo‘rg‘on tumanida jamoatchilik nazoratini tuman maktabgacha va maktab talim bo‘limiga qarashli 29-sonli maktabdan boshladi. Muassasa binosi  garchi eski tipda qurilgan bo‘lsada, holati yaxshi, koridor va xonalarning isitish tizimlari soz holatga keltirilgan. Maktabning 2 ta isitish qozonxonasi bo‘lib, ko‘mir bilan ishlashga moslashgan. Bu yilgi mavsumga 27,5 tonna ko‘mirni zahira qilish rejalashtirilgan va hozirga qadar  22,20 tonnasi  olingan.

Tumandagi 51-sonli maktabgacha talim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilganda ayrim kamchiliklar borligi aniqlandi. Bino eski tipda qurilgan, koridor va xonalarni isitish tizimi yaroqsiz holatda ekanligi aniqlandi va bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan maktab ma’muriyatiga, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga monitoring natijalari, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    152
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+