Maslakdoshlarimiz safi o‘smoqda

25.10.2023, 12:03

Maslakdoshlarimiz safi o‘smoqda

Ma’lumki, Boshlang‘ich partiya tashkilotlari aholining turli qatlamlari vakillari bilan bevosita aloqada ish yuritish va ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan quyi tuzilma hisoblanadi. Shu sabab, BPTlar safiga vatnaparvar, fidoiy, har tomonlama bilimdon, siyosiy va ijtimoiy tayyorgarlikka ega, partiyaviy vositalar bilan elektorat vakillari  manfaatlarini ifodalashga qodir, obro‘li va jonkuyar shaxslarni jalb qilish o‘ta muhim.

Ayni paytda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tarkibida o‘z saflariga 102 640 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan 1011 ta quyi bo‘g‘in faoliyat olib bormoqda. Ular safining oshib borayotganini esa, so‘nggi paytlarda deputatlarimiz, partiya faollari va albatta quyi bo‘g‘in a’zolarining joylardagi aholining dolzarb, kundalik muammolarini hal etishdagi amaliy faoliyatlari bilan izohlash mumkin.

Jizzaxda maslakdoshlarimiz safi fidoyi faollar hisobiga yanada ko‘payadigan bo‘ldi. Jizzax viloyati Ekologiyaatrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida tashkil etilgan va tajribali partiya maslakdoshimiz Abduqahhor Yulyaxshiyev yetakchilik qilayotgan quyi bo‘g‘in a’zolarining siyosiy faolligi boshqa hamkasblarini ham mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy kuch safida bo‘lishga undadi.

Bu yerda yana 19 nafar atrof muhit va tabiat himoyachilari partiya safiga qabul qilindi. O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining raisi Erkin Xolmatov partiyaga yangi qabul qilingan maslakdoshlarimizga a’zolik guvohnomalarini shaxsan topshirar ekan, ularni “O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni hayotga joriy etishda, partiya g‘oyalarini keng jamoatchilikka yetkazishda, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishda, elektorat manfaatlarini himoya qilishda fidoiylik ko‘rsatishlariga ishonch bildirdi.

Shohruh O’rozboyev,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    150
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+