Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlik guruhlaridan faollik talab qilinmoqda

25.10.2023, 12:10

Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlik guruhlaridan faollik talab qilinmoqda

O'zLiDeP Samarqand viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda partiya deputatlik guruhlarining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezidentimizning “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalar ijrosiga e’tibor qaratildi.

Partiya viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosar -  apparat rahbari Ilhom Botirov Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifaga aylanganini, uning doirasidagi islohotlar bo‘yicha tadbirlar aholi tomonidan bildirilgan tashabbus va fikrlar asosida sifatli olib borilishi lozimligini, belgilangan beshta asosiy g‘oyalarni amalda tatbiq etishda bir kuch bo‘lish davr talabi ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbirda partiyaning 2023 yil yakunigacha va 2024 yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi. “O’zbekiston – 2030” strategiyasi asosida ishlab chiqilgan partiyaning uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasini sifatli amalga oshirish, partiya faollaridan shakllantirilgan Ishchi guruhlar belgilangan ushbu vazifalarni tizimli tashkil qilish borasida ko‘rsatmalar berildi.

  • Ko'rildi
    102
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+