Partiya ishchi guruhining jamoatchilik nazorati doirasidagi tadbirlari davom etmoqda

26.10.2023, 17:40

Partiya ishchi guruhining jamoatchilik nazorati doirasidagi tadbirlari davom etmoqda

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in ketmoqda. Kommunal va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari faoliyati qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Yurtboshimiz bosh-qoshligida olib borilayotgan qishga tayyorgarlik ishlarida O’zLiDeP ham faol ishtirok etmoqda.

Partiya faollari hududlardagi kommunal soha korxonalari mutasaddilari bilan birgalikda jamoatchilik nazorati tadbirlarini katta uyushqoqlik va sinchkovlik bilan amalga oshirishmoqda.

Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘ka va Bekobod tumanlaridagi ishchi guruh a’zolari “Bo‘ka tuman elektr tarmoqlari” korxonasi, “Bo‘ka tuman gaz” idorasi, “Suvoqova” DUK tuman bo‘limi, umumtalim maktablari va maktabgacha talim muassasalari, Bo‘ka tuman Markaziy shifoxonalarida bo‘lishib, ulardagi 2023-2024 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishini o‘rganishdi.

Kommunal soha korxonalarining texnik jihozlari, asbob-uskunalarining bu yilgi qishki mavsumga nechog‘lik soz holatda ekanini tekshirgan ishchi guruh mazkur tashkilot rahbar va mutasaddilarini qishga tayyorgarlik borasida qiynab turgan muammolari bilan ham qiziqishdi.

Aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz, ko‘mir yetkazib berish holatini yaqindan o‘rganishdi.

Ayrim ta’lim muassasalarida qozonxona ta’miri uchun tumangaz idorasi bilan shartnoma tuzilgan bo‘lsa, yana boshqasida qozonxonani butunlay almashtirish lozimligi ko‘zga tashlandi.

Ijtimoiy ob’ekt toifasiga kiruvchi Markaziy shifoxona va ta’lim maskalarida barqaror energiya ta’minotini yanada yaxshilash, muammolarni o‘z vaqtida samarali bartaraf etish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish masalasidagi vazifalarni o‘zaro taqsimlab olishdi.

Shifoxona hamda ta’lim muassasalarida o‘rganishlarni olib borish asnosida pedagog va o‘quvchilar, shifokor va hamshiralar, aholi vakillari bilan ham suhbatlashildi. Ularga energiya tejamkorligi ham madaniyat belgisi ekani, uy xo‘jaliklari budjetini oqilona yuritish uchun energiyadan samarali foydalanish lozimligi targ‘ib qilindi. Energiya tejamkorligiga doir zaruriy maslahat va tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholiga yaratilgan sharoit va qulayliklar borasidagi taklif va mulohazalari tinglandi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    89
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+