“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi avjida

27.10.2023, 16:01

“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi avjida

Bugungi kunda ekologik muammolar ko‘plab mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, butunjahon hamjamiyatini ona tabiatni asrashga chaqirmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur yo‘nalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha asosida har yili O’zbekistonda ona yer bag‘riga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekish maqsad qilingan. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi umummilliy harakatga aylanib, hozirgi kunda o‘ziga xos qadriyat sifatida namoyon bo‘layotganini kuzatish mumkin.

Romitan tumanidagi «Afrosiyob» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tuman hokimi Umedjon Barnoyev boshchiligida sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimi o‘rinbosarlari, O’zLiDeP hamda  barcha tashkilot va korxonalar, mahallalar faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida manzarali ko‘chatlar ekilib, “Yashil jamoat bog‘i” barpo etildi.

Ko‘chat ekish tadbirida so‘z olganlar ushbu loyihada barchani faol ishtirok etishga chorladilar. Tadbir davomida qariyb 1 gektar bo‘sh turgan yer maydoniga 1 ming 300 donaga sadaqayrag‘och, shumtol, katalpa, gujum kabi ixota ko‘chatlari ekildi.

Tuman hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilgi kuz mavsumida 612 ming dona mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida O’zLiDeP dan saylangan mahalliy Kengash deputatlari va partiya faollarining ishtirok etayotganliklari uning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir.

  • Ko'rildi
    98
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+