Partiyaviy loyihalarning yoshlar faoliyatidagi ahamiyati

31.10.2023, 11:32

Partiyaviy loyihalarning yoshlar faoliyatidagi ahamiyati

O'zLiDeP "Yoshlar qanoti" tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi doirasida Buxoro davlat universiteti  talaba-yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparati rahbari B.Ochilov O'zLiDePning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashish masalasi partiya mas’ullarining doimiy e’tiborida ekanligini ta’kidladi.

Davra suhbati davomida partiya viloyat Kengashi yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sh.Ahadov tomonidan O'zLiDeP saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar batafsil tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, partiyaviy loyihalarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, ularda yoshlarning faol ishtirok etishlari zarurligi aytib o‘tildi.

Parlamentda ayni paytda muhokama etilayotgan Qonunlar va ularning kelgusi yuzasidagi ijrosi yuzasidan ham davra suhbati ishtirokchilariga zarur ma’lumotlar taqdim etildi.

Talaba–yoshlarni qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan asoslantirilgan javoblar berildi.

  • Ko'rildi
    67
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+