Jomboyda OʻzLiDeP deputatlari tomonidan kuz- qish mavsumiga tayyorgalik holati o‘rganildi

31.10.2023, 11:42

Jomboyda OʻzLiDeP deputatlari tomonidan kuz- qish mavsumiga tayyorgalik holati o‘rganildi

Xabaringiz bor, partiya ishchi guruhi belgilangan jamoatchilik nazorati tadbirlari doirasida ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan o‘rganishlar olib bormoqda.

Xalq deputatlari OʻzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda Jomboy tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi mavjud maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgalik holati o‘rganildi.

Jumladan; tumandagi 56-IDUM o‘rganilganda, maktab 780 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 800 nafar 1 smenada o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Maktab 4 qavatli, ta’mirlangan. Isitish tizimi ko‘mirga muljallangan bo‘lib, maktab kuz-qish mavsumi uchun 3 oyga 48 tonna ko‘mir ajratilgan. Ajratilan ko‘mirning saqlash joyi yo‘qligi sababli mavjud ko‘mirni ochiq joyda saqlanayotganligi qayd etildi. Maktabda umumiy 6 dona isitish (kotyol) qozonxona mavjud, isitish tizimi ham to‘liq ishga tushirilmagan, ta’mirlash ishlari esa sust olib borilayotganligi tanqid ostiga olindi. Xuddi shunday holat tumandagi 28-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha kamchiliklar, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar borligi aniqlangan.

Ishchi guruh tumandagi 24, 26 - umumta’lim maktablari va 15, 31 -  maktabgacha ta’lim muassalarining bugungi kunda bog‘chada isitish tizimi kuz-qish mavsumiga tayyor qoniqarli ekanligi qayd etildi.

Ishchi guruh o‘rganishlari yakunida “O’zbekiston – 2030” strategiyasinining birinchi bandida belgilab berilgan maqsadlar ijrosini ta’minlashda umumiy o‘rta ta’lim tizimida «Ta’lim uchun qulay muhit» dasturini amalga oshirish yuzasidan Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Zarifa Yusupova hisobot berib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘riladigan chora – tadbirlarni ishchi guruhga taqdim etdi va aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan amalga oshirish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Nodir To‘rayev,

O’zLiDeP Samarqand viloyat kengashi bo‘lim mudiri,

Jomboy tuman Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    89
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+