Xonqa tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi to‘liq ta’minlanganmi?

02.11.2023, 17:15

Xonqa tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi to‘liq ta’minlanganmi?

Xonqa tumanidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida tumanning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Bu borada mas’ul rahbarlarning hisoboti tinglandi.

Hisobotga ko‘ra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 565 mlrd.so‘mni tashkil  qildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 87 mlrd.so‘mga o‘sdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish 1 trln 887 mlrd.so‘mni tashkil qilib, 256 mlrd.so‘m ortiqcha mahsulot yetishtirildi. Shu bilan bir qatorda amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 341 mlrd.so‘mni tashkil qildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37 mlrd.so‘m qurilish ishlari ortiqcha bajarilganligi ma’lum bo‘ldi. Chakana savdo hajmi 519 mlrd.so‘mni tashkil qildi va o‘tgan yilga nisbatan 58 mlrd.so‘mga o‘sganligi kuzatildi. Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 617 mlrd.so‘m bo‘ldi hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 88 mlrd.so‘m ortiqcha xizmat ko‘rsatilgan.

Bugungi kunda aholini qiynab kelayotgan masalalardan eng dolzarbi bu ishsizlikdir. Tumanda joriy yil boshida ro‘yxatga olingan ishsizlar 7 ming 100 nafarni, bundan tashqari, joriy yilda mehnat bozoriga kirib keladigan 3 ming 700 nafar bitiruvchi yoshlar hamda 6 ming 200 nafar chet eldan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash va norasmiy band bo‘lgan 17 ming 986 nafar aholini rasmiy bandligini ta’minlash bo‘yicha joriy yil boshida dastur ishlab chiqilgan.

Ushbu dastur doirasida joriy yil yakuniga qadar tumanni ishsizlikdan holi hududga aylantirish maqsadida jami 34 ming 986 ta yangi ish o‘rinlari yaratish sohalar kesimida belgilangan. Investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 1 165 nafar ish o‘rni yaratildi.

Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik yo‘nalishida 7 ming 908 nafar, qishloq xo‘jaligi sohada 19 ming 550 nafar hamda qurilish va kommunal sohada 740 nafar ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.

Shuningdek, tuman aholisini turar joyga bo‘lgan talabini yuqoriligini inobatga olib Prezidentimiz tashabbusi bilan tuman markaziga tutash bo‘lgan hududdan “Yangi O’zbekiston” massivi tashkil qilish uchun 10 ga ekin yer maydoni aholini uy-joy bilan ta’minlash uchun ajratib berildi. Ushbu “Yangi O’zbekiston” massivida 5 yil davomida 1 ming 80 ta xonadondan iborat 46 ta ko‘p-qavatli uylar qurib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.  

Shundan 2021-2022 yillar davomida tuman hududida jami 19 ta 5 qavatli 500 ta xonadonlar o‘z egalariga topshirildi. Bu yil yakunigacha 17 ta 5 qavatli 458 ta xonadonlar qurib foydalanishga topshiriladi. Shundan, bugungi kunda 6 ta 5 qavatli 198 ta xonadonlar egalariga topshirilgan.

Deputatlar tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlarni jamoatchilik va deputatlik  nazorati orqali o‘rganish va bu xususida aholiga ma’lumotlar berib borish, aniqlangan kamchiliklarni hamkorlikda bartaraf qilish borasida o‘z takliflarini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    180
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+