Tadbirkorlik sub’ektlari va korxonalar faoliyati bilan tanishildi

02.11.2023, 17:50

Tadbirkorlik sub’ektlari va korxonalar faoliyati bilan tanishildi

O’zLiDeP ishchi guruhlari tomonidan joylarda “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan nazorat- tahlil hamda partiyaviy loyihalar doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Namangan viloyatida bo‘lib, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, bu orqali ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Partiya yetakchisi Yangi Namangan tumanida “MEXMASH” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi. Dastlab viloyat, shahar, tuman kengashlari deputatlari, faollar, korxona ishchi-xizmatchilari ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Ta’kidlash joizki, mazkur korxonada ayni kunlarda 700 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilar ishlab kelmoqda, ularning 100 nafardan ortig‘ini ayollar, yetmish foizini yoshlar tashkil etadi. Korxonada yiliga 8 mln AQSh dollarlik miqdorida mahsulotlar qo‘shni davlatlarga, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon kabi davlatlarga eksport qilinadi.

O'zLiDeP rahbari Aktam Xaitov korxona yutuqlarini alohida e’tirof etib, kelgusida faoliyatini yanada rivojlantirish borasida takliflar bildirdi.

Muloqot ishtirokchilariga Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan muhim qonun loyihalari yuzasidan ma’lumot berdi. Xususan, kuni kecha deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida«gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Korxona rahbari, Senator Ikromxon Najmiddinov esa barchanning e’tiborini oziq-ovqat xavfsizligi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga qaratdi. Barchani mahallalarda, ko‘cha, hiyobonlarda, har bir xonadonda ko‘chat ekish ishlarida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Muloqotda ishtirok etgan deputatlar, partiya faollari vakillari ham kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdilar.

So‘ngra tadbir ishtirokchilari korxona sexlaridagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar, ishchilar bilan suhbatlashdilar.

  • Ko'rildi
    147
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+