O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli 12 nafar ishsiz yoshlarni band qildi

03.11.2023, 16:31

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli 12 nafar ishsiz yoshlarni band qildi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi, partiyaning Chilonzor tuman Kengashi, deputatlar, partiya follari tumandagi “PGS” xususiy korxonasida bo‘lib, korxona ishchi-xodimlari ishtirokida “Yosh tadbirkor – elga madadkor” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash  jarayonlariga ko‘maklashish yangi bosqichga ko‘tarildi. Strategiyada ham bu borada aniq maqsadlar belgilangan bo‘lib, yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va yoshlarning bandligini ta’minlash borasida ushbu korxona tomonidan natijali ishlarga qo‘l urildi. Xususan, “PGS” xususiy korxonasida xozirda 30 nafarga yaqin xodimlar bo‘lib, ulardan 24 nafardan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Shuningdek, korxona tomonidan 7 nafar yoshlarga o‘z tadbikorliklarini boshlash uchun yordam berildi hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 12 nafar yoshlarning bandligini ta’minlashga hissa qo‘shildi.  Tadbir ishtirokchilari bo‘lgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. 

Tadbir jarayonida “PGS” xususiy korxonasi ish faoliyati bilan tanishildi. Ushbu korxonada elektrochiroqlar, elektrsauna, elektrosandal, elektropechlar, isitgichlar jami 28 xil uskunalar ishlab chiqarilmoqda. 

  • Ko'rildi
    180
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+