O’zLiDeP g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlovchi yoshlar soni ortib bormoqda

08.11.2023, 17:07

O’zLiDeP g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlovchi yoshlar soni ortib bormoqda

O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi hamda Chiroqchi tuman  Kengashi “Yoshlar qanoti” hamkorligida Quriqsoy maxalla fuqarolar yig‘inida hududdagi qishloqlarda istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirokida “Volontyorlik klubi”lari loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi. 

Tadbir davomida yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga, band bo‘lmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatish va bandligini ta’minlash, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytirish, band bo‘lmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, ishbilarmon, tadbirkor yoshlar safini kengaytirish, joylarda oilaviy, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi mavjud imkoniyat va resurslarni harakatga keltirishga, ulardan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. 

  -Muloqot chog‘ida yoshlar tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalarni xususiy sektor faoliyatiga keng jalb kilish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish borasida partiya faollari olida turgan vazifalar belgilab olindi, - deydi tuman kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Farhod Elmurodov. - Ayni paytda joylarda band bo‘lmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, yoshlarni oilaviy tadbirkorlikka jalb kilish, biznesni tashkil etish va yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi

Tadbir davomida yoshlar partiya g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashdi va partiya safiga kirish istagini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    113
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+