Urganch dehqon bozoridagi sanitariya hamda narx-navo holatlari o‘rganildi

08.11.2023, 17:11

Urganch dehqon bozoridagi sanitariya hamda narx-navo holatlari  o‘rganildi

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi hamda deputatlik guruhi bilan hamkorlikda Urganch shahrida joylashgan Urganch dehqon bozoridagi sanitariya hamda narx-navo holatlari  o‘rganildi. 

Bozor ma’muriyati tomonidan aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Elga xizmat” rastalari tashkil etilgan. Bu yerda birlamchi oziq-ovqat va qishloq-xo‘jalik mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda.

Deputatlar  qish-bahor mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini asosiy turlarini g‘amlash bo‘yicha ham qilingan ishlar bilan qiziqdilar. Bugungi kungacha 260 tonna kartoshka, 165 tonna piyoz va 40 tonna sabzi muzlatgich omborlarga g‘amlangan. Qo‘shni viloyatlardan yana 500 tonna kartoshka olib kelish uchun shartnomalar tuzilgan. Ammo bozor ma’muriyatining aytishicha  bozorning o‘z muzlatgich ombori yo‘qligi sababli ijara asosida tadbirkorlarning muzlatgich omborlaridan foydalanib kelmoqda. Bu esa qator noqulayliklarga va mahsulotning tan narxiga ham ta’sir qilmoqda. Bozor mas’ullari deputatlardan mazkur muammoni ijobiy hal qilishda ko‘mak so‘radi. 

O’rganish davomida go‘sht rastalaridagi beparvoligi, tozalik va gigena qoidalarini buzib savdo qilayotgan ayrim tadbirkorlar ogohlantirildi. Bozor hududidagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini nazorat qiluvchi laboratoriya faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ayrim tovuq go‘shti mahsulotlarini sotuvchi tadbirkorlar mahsulot yaroqliligi bo‘yicha xulosa olmagan holda savdo qilayotgani aniqlanib, bu holatlarni oldini olish xususida ham mas’ullar ogohlantirildi.

Aholining iste’mol huquqlarini himoya qilgan holda, ularga sifatli va iste’molga yaroqli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida bu kabi nazorat tadbirini muntazam ravishda olib borish o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi.

  • Ko'rildi
    114
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+