18 nafar ayolga tikuv mashinasi berildi

09.11.2023, 16:53

18 nafar ayolga tikuv mashinasi berildi

Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Sultonobod shaharchasi, Xurobod va Ko‘nchilik MFYda O’zLiDeP deputati Botirjon Mo‘minov tashabbusi bilan “Bir deputat 100 ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, uy mehnati va kasanachilik tarmoqlarini kengaytirish maqsadida mahalla xotin-qizlariga tikuv mashinalari topshirildi.

Xotin-qizlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratib, bu borada o‘zining aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqqan partiya vakillari, viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatlari muhim amaliy ishlarni ro‘yobga chiqarib kelmoqdalar. Ana shunday xayrli ishlardan biri Qo‘rg‘ontepaning Hurobod va Ko‘nchilik mahallalarida amalga oshirildi. Mazkur mahallalardagi 18 nafar Ayollar daftarida turgan xotin-qizlariga tikuv mashinalari topshirilganda bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan ularning quvonchi ko‘kka yetdi.

- Bugun mahallamizda chinakamiga bayram bo‘ldi. Oddiy ayollarlarimizga berilgan e’tibor va ishonch bizlarni behad quvontirdi. Yurtimizda ayollarga ko‘rsatilayotgan hurmat va e’zozdan g‘oyat mamnun bo‘ldik. Xususan, “O’zbekiston - 2030” Strategiyasining 25-maqsadi ijrosini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish va xotin-qizlarni yoshlarni kasbga yo‘naltirish va bu orqali ularning bandligi ta’minlash vazifalarini amalga oshirilishida O’zLiDePning faollari, deputatlari xalq orasiga kirib, ularning dardu-tashvishlarini tinglab, azaliy qadriyatlarimizni tiklashga yordam berishmoqda. Ular ayollarga tayyor mablag‘ emas, shu mablag‘ni topishning kalitini berishmoqda. Xotin-qizlarimiznning ishbilarmonlik, tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlamoqdalar, - dedi mahalla raisi Oyistaxon Abduvahobova .

Partiyaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, tuman kengashi deputatiining bu tashabbusi mahalla ahlini yanada ruhlantirdi. Ularga tadbirkorlik ishlarini yuritib, yangi-yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishiga motivatsiya berdi.

  • Ko'rildi
    65
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+